
- 0
- 20.07.2026 14:01:00
- 1 мин оқу
AQSHning Eron janubidagi suvni chuchuklashtirish inshootlariga bergan zarbalari oqibatida Hormozgan viloyatining Jask okrugidagi 20 ta qishloqda yashovchi qariyb 10 ming kishi ichimlik suvisiz qoldi.
Ma’lum qilinishicha, raketa hujumlari natijasida suv tozalash va elektr energiyasi ishlab chiqarish inshootlari zarar ko‘rgan.
AQSH va Eron o‘rtasidagi mojaro yangi bosqichga o‘tdi. 12-iyulga o‘tar kechasi AQSH harbiylari Eron hududi, Fors ko‘rfazi sohillari va Hormuz bo‘g‘ozi yaqinidagi qariyb 140 ta nishonga zarba berdi. 7-iyuldan buyon AQSH Eronning harbiy va strategik obyektlariga jami 300 dan ortiq zarba yo‘llagan. Hujumlar raketa va dron bazalari, harbiy-dengiz obyektlari, o‘q-dori omborlari, aloqa tarmoqlari hamda qirg‘oq razvedka punktlarini nishonga olgan.
AQSH prezidenti Donald Tramp 8-iyul kuni Eronga nisbatan tuzilgan sulh yakunlanganini ma’lum qilgan.