
- 10
- 08.10.2026 11:30:00
- 1 мин оқу
Toshkent metropolitenida xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari 10 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni topib oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, pul Qozog‘iston fuqarosiga tegishli bo‘lgan. U Toshkentga avtomobil xarid qilish uchun kelgan va pullarini Sergeli mashina bozoriga borayotganida tushirib qoldirgan.
Tekshiruvlardan so‘ng pul egasi aniqlanib, 10 ming dollar to‘liq qaytarib berildi.
Pul egasi metro va ichki ishlar xodimlariga minnatdorlik bildirdi.