
- 20
- 19.12.2022 14:09:00
- 1 min read
O‘zbekistonning eng mashhur taomlaridan biri bo’lgan shashlik qo’y, mol va tovuq go'shtidan tayyorlanadigan bo'lsa-da, u hududlarga qarab farq qilishi mumkin. Ba'zi hududlarda u qo’y go‘shtidan tayyorlansa, boshqalarida esa jigardan tayyorlashni afzal ko‘riladi.
😋Misol uchun Samarqandda ko‘proq qiymadan tayyorlanadi. Samarqanddagi har qanday kabobpazdan “Buning asl tayyorlanish uslubi qanday? Bu lazzatli ta'mning siri nimada? ” deb so'rasangiz , turli javoblarni olishingiz mumkin. Samarqandliklar o'zlarining sirli retseptlarini qattiq himoya qiladilar. Umumiy retseptni aytadigan bo‘lsak, ushbu kabobning siri aslida olov yoqishda ishlatiladigan turli mevali daraxt shoxlarining xushbo‘y hidi bilan bog‘liq. Faqat mevali daraxtlarning shoxlari yoqilgan qo‘rada shashlik pishiriladi va dasturxonga tortiladi.
🤫Ammo O‘zbekistondagi eng yaxshi shashlik G‘ijduvonda tayyorlanadi. Uni tayyorlash sirini bilib bo‘lmaydi. Lekin shuni aytish mumkinki, olingan zavq betakror va unutilmas.