
- 5
- 19.12.2022 14:13:00
- 1 min read
Mazali o‘zbek xonimi
Xonim – xamir bilan o‘ralgan maydalangan sabzavotlar va go‘sht. O‘ralgandan keyin bug‘da tayyorlanadi va qatiq bilan yeyiladi. O‘zbegim milliy taomlaridagi xonim – o‘zbek oshxonasining asl yulduzi. Milliy taomlar ayniqsa, Chorsu taomlari haqida gap ketar ekan, bu borada xonimga teng keladigani yo‘q! Ushbu taom bir necha yillardan beri xalqimizning sevimlilaridan biriga aylanib ulgurgan. Har bir o‘zbek xonadonining bekasi xonim qilishni biladi deb o‘ylayman. Lekin hammaning o‘z tayyorlash usuli bor.