
- 7
- 19.12.2022 14:18:00
- 1 min read
🥯O‘zbek xalqining nonga bo‘lgan hurmatini bilmagan odam bo‘lmasa kerak. Shuning uchun ular nonni hech qachon teskari qo‘ymaydilar. Shuningdek, uydan chiqayotganda O‘zbekistonning an’anaviy nonlaridan biri bo‘lgan Shirmon nonning kichik bo‘lagini tishlash odat tusiga kirgan. O‘zbek xalqining bu an'anasi uydan uzoq safarga ketayotgan odamga sog‘-salomat borib kelishini tilashning yana bir usulidir.