
- 9
- 21.12.2022 09:04:00
- 1 min read
O‘zbek somsasidek lazzatli taomga qoyil qolmasdan ilojingiz yo‘q. Somsani o‘zbek xalqining faxri deb atash mumkin. Mazali, xushbo‘y, issiqqina, mehr bilan pishirilgan somsa o‘zbek dasturxonida alohida o‘rin tutadi. Oʻzbek pazandachiligida #somsa asosan, tandirga yopib dumaloq shaklda tayyorlanadi. Ammo hozirgi kunda uy duxovkalarida uchburchak va to’rtburchak shaklda ham pishirilib kelinmoqda. O‘zbek #milliy oshxonasida somsaning o‘nlab turlari mavjud bo‘lib, ular bir-biridan nafaqat retsept va masalliqlari, balki pishirishning o‘ziga xos usullari bilan ham farqlanadi. Odatda u mayda to‘g‘ralgan go‘sht yoki qiyma go‘shti bilan pishiriladi, ammo buning o‘rniga qovoq, ismaloq, kartoshka, tovuq go‘shti to‘ldiriladigan ajoyib turlari ham bor.