
- 3
- 12.01.2023 07:34:00
- 1 min read
“Navbahor”ning sobiq himoyachisi Rustam Ashurmatov va “Bunyodkor”ning 19 yoshli yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyev “Rubin”ning Turkiyadagi yig‘iniga qo‘shildi.
Qozonliklar Belek shahrida 18-yanvar kuni “Akron” (Tolyatti, Rossiya) hamda 21-yanvarda “Beroe” (Bolgariya)ga qarshi nazorat o‘yinlarini o‘tkazadi.
“Rubin” ayni vaqtda Rossiyaning 1-ligasi – MFLda 37 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.