
- 8
- 10.01.2023 09:27:00
- 1 min read
O‘zbek paxlavasi to‘yimli va mazali hisoblanadi. Hozir biz sizlarga uni tayyorlash usulini taqdim etamiz.
Eng avvalo saryog‘ni qirgichdan chiqarib uni un bilan aralashtirib olamiz. So‘ngra smetana hamda tuxum sarig‘ini solib yumshoq xamir qorib olamiz va biroz tindirishga qo‘yamiz.
Massa uchun 4 ta tuxum oqini 1 stakan shakar bilan ko‘pirtirib bize tayyorlaymiz. Yong‘oq va mayiz solib aralashtiramiz. Tabga ko‘ra o‘rik yoki olxo‘ri turshagini solishingiz ham mumkin.
Tingan xamirni 3 bo‘lakka bo‘lib yoyib chiqamiz. Yoygan xamirimizni bittasini duxovkada o‘rtacha haroratda pishirib olamiz.
Yoyilgan ikkinchi xamirni ham patnisga solib ustidan tayyorlangan aralshmani yarmini solamiz. Ustidan pishirilgan xamirni qo‘yib, qolgan aralashmani tekis surtib chiqamiz va yoyilgan keyingi xamirimizni qo‘yamiz. Yuzasiga tuxum sarig‘ini surtib yong‘oq terib chiqamiz. Keyin esa duxovkaga 30 daqiqaga qo‘yamiz.
Yoqimli ishtaha
Foto: Zira.uz