
- 8
- 19.12.2022 14:06:00
- 1 min read
Norin shohona taom bo‘lib, o‘zbek milliy taomlari orasida tayyorlanishi ancha murakkab bo‘lgan taomlar sirasiga kiradi. Asosan, yilning sovuq fasllarida tayyorlanadi. Taomni ta'bga qarab mol yoki ot go‘shtidan tayyorlash mumkin. Norin turkiy xalqlarning qadimiy taomi hisoblanadi.
Soch tolasidek mayda to‘g‘ralgan go‘sht va ko‘proq xamir aralashmasiga qazi qo‘shib dasturxonga tortiladi. Ingichka to‘g‘ralgan xamir bir-biriga yopishmasligi uchun o‘simlik yog‘i bilan yog‘lanadi. Odatda, muhim marosimlarda tayyorlanadi. Norin eng qadimiy taomlardan hisoblanib, oʻtmishda chorvador qabilalar oʻrtasida keng tarqalgan.