
- 4
- 17.01.2023 11:10:00
- 1 min read
PSJ noyabr oxiridan beri 17 nafar futbolchisi kiygan formalarni kimoshdi savdosi orqali sotdi. Unga ko‘ra, Lionel Messining “Anje”ga qarshi o‘yinda kiygan libosi xitoylik inson tomonidan 43 623 yevroga sotib olingan.
Bu borada u yetakchi bo‘ldi. Kilian Mbappening “Lans” hamda “Strasburg” jamoalariga qarshi uchrashuvlarda kiygan liboslari mos ravishda 14 083 va 15 017 yevroga sotildi. Neymarning formasi esa 7 894 yevroga sotildi.