Mazali bo‘g‘irsoq 😋

Mazali bo‘g‘irsoq 😋
  • 10
  • 10.01.2023 09:23:00
  • 1 min read

Ramazon oyida shirin va lazzatli boʻgʻirsoq tayyorlash xalqimizda azaldan an’ana boʻlib kelgan. U pishirish va ko‘rinish jihatidan hududlarga ko‘ra farq qilsa-da, uni tayyorlashni eng yaxshi usuli ustiga shakar kukuni sepiladiganidir. Xohlasangiz har xil ziravorlar qo‘shib, umuman takrorlanmas ta’mli bo‘g‘irsoqlar pishirishingiz mumkin.

O‘ziga xos ta’mga ega bo‘lgan bo‘g‘irsoq tayyorlash uchun un, xamirturush, dolchinni katta idishga solib aralashtiramiz va sariyog‘, shakar va sutni solib yana aralashtirib olamiz. Yumshoq xamir tayyorlab olamiz va xamirni 30 daqiqaga tindirib qo‘yamiz.

Tayyor bo‘lgan xamirni mayda bo‘lakchalarga bo‘lib olamiz.
Qirg‘ich orqali ularga naqsh beramiz va qizdirilgan yog‘da qizartirib qovuramiz. Pishirilgan bo‘g‘irsoqning ortiqcha yog‘idan qutulish uchun qog‘oz sochiq ustiga olib qo‘yamiz. Ta’bga ko‘ra, ustiga qand upasi ham sepishimiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News