Go'ri Amir maqbarasi

Go'ri Amir maqbarasi
  • 23
  • 20.12.2022 09:28:00
  • 1 min read

O’rta Osiyo meʼmorchiligining noyob asari sifatida eʼtirof etilgan Go'ri amir maqbarasi xalq orasida Amir Temur maqbarasi deb ham nomlanadi. Buning sababi esa sohibqiron Amir Temurning va temuriylar sulolasiga mansub kishilarning bu yerga dafn etilganligidir. Mazkur maqbarasining qurilishi 1403-yilda boshlanib, 1424-yilgacha davom etgan.
Go‘ri Amirning eng o‘ziga tortadigan qismi bu moviy gumbazdir. U Samarqand osmoni ostida yarqirab toblanib turadi. Maqbaraning usti rang-barang koshinlar bilan, ichki devorlar esa naqshlar bilan bezatilgan. Go‘ri Amir – O‘rta Osiyo me’morchiligining nafis naqshlarining go‘zalligiga eng yaxshi misollaridan biri.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News