
- 7
- 18.01.2023 11:43:00
- 1 min read
Samsung fevral oyi boshida Galaxy S23 smartfonlari seriyasini taqdim qilishini e’lon qilgandi. Biroq, Internetda ushbu smartfonlarning rasmiy texnik xususiyatlari jadvali tarqalib bo‘ldi.
Unga ko‘ra, Galaxy S23 smartfoni 6.1 dyuymli, Galaxy S23+ esa 6.6 dyuymli Dynamic AMOLED ekranga ega bo‘ladi. Ikkalasining ham Gorilla Glass Victus 2 bilan himoyalagan ekrani FHD+ rezolyusiyasiga ega bo‘lib, ular 120 gers yangilanish tezligi va HDR+ xususiyatiga ega. Ekran ostida Ultrasonic barmoq izini aniqlash sensori joylashgan.
Orqa tomonga o‘tadigan bo‘lsak, u yerda 50 MP (f/1.8, OIS) asosiy, 12MP ultra-keng (f/2.2, 120°) va 10MP (f/2.4, 3x optik zum) telefoto kameralar joylashgan. Ta’kidlash joizki, orqa kamera soniyasiga 30 kadr (fps) tezlikda 8K formatida, soniyasiga 60 kadr (fps) tezlikda 4K formatida video tasvirlar olish qobiliyatiga ega.