Dzyudo: Bobonov va Iliadis jahonda eng zo‘rlari bo‘lishi mumkin

Dzyudo: Bobonov va Iliadis jahonda eng zo‘rlari bo‘lishi mumkin
  • 6
  • 18.01.2023 11:37:00
  • 1 min read

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2022-yilda Davlat Bobonov nomzodini “Yilning eng yaxshi erkak dzyudochisi” nominatsiyasiga daʼvogarlar safiga kiritdi, deya xabar berdi MOQ Matbuot xizmati.
Shuningdek, Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ilias Iliadis “Yilning eng yaxshi treneri” unvoniga nomzodlar orasida. Iliadis ushbu nomga sazovor boʻlish uchun Gruziya, Xorvatiya, Italiya va Braziliya terma jamoalarining murabbiylari bilan raqobat olib boradi.
Xohlovchilar jamoamiz vakillarini qoʻllab quvvatlashlari mumkin. Ovoz berish jarayoni 31-yanvargacha davom etadi.
Ovoz berish uchun havola: http://awards.ijf.org 
Foto: Facebook / International Judo Federation

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News