
- 10
- 21.12.2022 09:28:00
- 1 min read
O‘zbek dasturxonida choyning alohida o‘rni bor. Har bir taom choy bilan boshlanib, choy bilan tugaydi. Dasturxonga olib kelingan choy odat bo‘yicha 3 marta qaytarilib biroz tindiriladi. So‘ngra dasturxonga non, yong‘oq, quritilgan mevalar keltiriladi. Choy uzatish birinchi navbatda kattalardan boshlanadi. Choy damlash uchun maxsus tayyorlangan choynak va piyoladan foydalaniladi.