
- 7
- 18.01.2023 12:06:00
- 1 min read
Bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev 28-yanvar kuni professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi.
U 34 yoshli amerikalik bokschi Ulises Siyerraga (17-2-2, 10 KO) qarshi ringga chiqadi.
10 ta raunddan iborat ushbu jang vakant bo‘lib turgan WBA Continental Americas Super Middle kamari uchun o‘tkaziladi.
Jang AQSHning Kaliforniya shtatidagi “YouTube Theater” arenasida tashkillashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Bektemir bunga qadar professional boksda 11 ta jang o‘tkazib, 10 tasida g‘alaba qozongan (8 ta nokaut) va 1 tasida nokautga uchragan.