Apple yangi avlod MacBook Pro noutbuklarini taqdim etdi

Apple yangi avlod MacBook Pro noutbuklarini taqdim etdi
  • 10
  • 18.01.2023 13:57:00
  • 1 min read

Apple 14 hamda 16 dyuymli yangi avlod MacBook Pro noutbuklarini taqdim etdi.
14 hamda 16 dyuymli MacBook’lar M2 Pro va M2 Max chiplari bilan konfiguratsiyalashgan. Avvalgi M1 Pro va M1 Max chiplariga qaraganda ular 20% yuqori CPU unumdorligi hamda 30% yuqori GPU unumdorligini taqdim etadi.
Yangi protsessorlar o‘zi bilan yangilangan xotira konfigurasiyasini ham olib keldi. M2 Pro chipi 16/32GB, M2 Max esa 32/64/96GB xotira imkoniyatlarini taqdim etadi. Flesh xotira turlari 512GB dan 8TB gacha mavjud. Eng arzon versiya 16/512GB xotiraga ega model hisoblanadi.
Yangi MacBook modellari takomillashgan ulanish opsiyalariga ega bo‘ldi. Simsiz bog‘lanishlarda tezkor Wi-Fi 6E yordam beradi. HDMI porti 2.1 standartiga o‘zgaradi, endi u 8K 60 gerts hamda 4K 240 gerts formatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
MacBook Pro 14 dyuym narxi – $1999, $2499 va $3099.
MacBook Pro 16 dyuym narxi esa $2499, $2699 va $3499.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News