
- 10
- 18.01.2023 11:47:00
- 1 min read
Bugun, 18-yanvar kuni soat 18:00 da Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida “Antiqa sovchilar” spektakli namoyish etiladi.
Spektaklda Izzat aka qizi Nargizaga kelgan sovchilardan birini tanlolmay boshi qotadi. U qiziga oshiq bo‘lgan Baxtiyorga qizini turmushga berishni istamaydi. Bir kuni Izzat akaning tushiga rahmatli otasi kirib, nabirasini Baxtiyorga turmushga bersa, baxtli bo‘lishi haqida aytadi. Shu kundan boshlab ota Baxtiyorning hayotiga qiziqadi. U yashirincha bo‘lsa-da, yigitga Nargizaga uylanishni taklif qiladi. Spektakl ikki yoshning baxt oqshomi bilan yakunlanadi.
Chiptalarni teatr kassalarida sotib olish mumkin.
Lokatsiya