
- 8
- 10.01.2023 09:11:00
- 1 min read
Elektron tijorat bo‘yicha jahonning eng yetakchi kompaniyasi Texas (Kollej-Steyshn) va Kaliforniya (Lokford) shtatlariga bir necha buyurtmani dronlarda yetkazib berdi.
Qayd etilishicha, dron orqali yetkazib berish Texas va Kaliforniyadagi dronlar omboridan 6 km radius atrofida mavjud.
Kollej-Steyshn va Lokford’dagi operatsiyalar haftada besh kungacha faqat kunduzi amalga oshiriladi. Yetkazib beriladigan hududlar 4 ta sektorga bo‘lingan, ularning har birida kuniga taxminan 50 reysni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Har bir sektorda havoga faqat bitta dron ko‘tariladi.