33 yoshli Garet Beyl futbolchilik faoliyatini yakunladi

33 yoshli Garet Beyl futbolchilik faoliyatini yakunladi
  • 5
  • 10.01.2023 08:21:00
  • 1 min read

Uels termasi va “Los-Anjeles” klubi vingeri Garet Beyl ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida “ehtiyotkorlik bilan puxta o‘ylab ko‘rgani”dan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilganini e’lon qildi.
“Real”ning sobiq yulduzi Garet orzulari ro‘yobga chiqqanini, professional darajada 17 ta mavsum o‘tkazganidan xursand ekanligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Beyl faoliyati davomida “Sautgempton”, “Tottenxem”, “Real Madrid” va “Los-Anjeles” safida o‘ynadi.
“Real” bilan besh karra Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan.
U professional futbolda jami 665 uchrashuvda 226 gol va 159 assistni yozdirib qo‘ygan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News