
- 1
- 22.10.2026 10:14:00
- 1 min read
Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti doirasida og‘ir va hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Global tarmoq tashkil etildi.
O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ushbu tuzilma raisligiga ikki yil muddatga saylandi.
Global tarmoq birinchi xonimlar va davlat rahbarlarining turmush o‘rtoqlarini birlashtirib, og‘ir kasalliklarga, jumladan, saratonga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va tajriba almashishga xizmat qiladi.