To‘y korteji YTHga uchradi

To‘y korteji YTHga uchradi
  • 0
  • 25.02.2026 11:31:00
  • 1 min read

Buxoro viloyatining Olot tumanida to‘y korteji ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Viloyat IIB xabariga ko‘ra, Cobalt va Malibu haydovchilari o‘zaro yo‘l talashgan. Oqibatda Cobalt Malibu bilan to‘qnashib, yo‘l chetiga urilgan.
Holat yuzasidan haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-10 va 133-moddalari bilan bayonnomalar rasmiylashtirildi. Sud qarori bilan YTHga sababchi bo‘lgan haydovchi bir yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilindi hamda BHMning 25 baravari — 10 mln 300 ming so‘m jarima tayinlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News