O‘zbekiston dunyoning qudratli davlatlari reytingida 71-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston dunyoning qudratli davlatlari reytingida 71-o‘rinni egalladi
  • 15
  • 10.10.2026 12:52:00
  • 1 min read

Amerikaning U.S. News & World Report nashri 2026-yilgi dunyoning eng qudratli davlatlari reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston 100 ta davlat orasida 71-o‘rinni egalladi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 39-o‘rinda qayd etildi. Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston reytingga kiritilmadi.

Reyting davlatlarning iqtisodiy va harbiy salohiyati, siyosiy ta’siri, xalqaro nufuzi hamda tashqi savdo imkoniyatlari asosida tuzilgan.
Ro‘yxatda Xitoy birinchi, AQSH ikkinchi, Hindiston uchinchi o‘rinni egallagan. Rossiya 11-o‘rindan joy olgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News