AQSH va Isroil Tehron markazidagi shifoxonaga zarba berdi

AQSH va Isroil Tehron markazidagi shifoxonaga zarba berdi
  • 0
  • 02.03.2026 08:32:00
  • 1 min read

Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, AQSH va Isroil Eron poytaxti Tehron markazida joylashgan “Gandi” shifoxonasiga havo zarbasi bergan. Xabarda bu harakat “navbatdagi harbiy jinoyat” deya baholangan. Holat aks etgan videolarda hamshiralar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni kasalxonadan olib chiqayotganini ko‘rish mumkin.
Ma’lum qilinishicha, zarba natijasida Tehron janubidagi politsiya qo‘mondonligi binosi ham nishonga olingan, shuningdek, yaqin atrofdagi turar joy binolari zarar ko‘rgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar bor.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News