
- 0
- 24.03.2026 10:19:00
- 1 min read
Olmaota – Ust-Kamenogorsk avtomobil yo‘lida 1 ta yuk mashinasi va 3 ta yengil avtomobil to‘qnashib, yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda 2 kishi jarohatlandi. Qutqaruvchilar avtomobil ichida qisilib qolgan 1 kishini chiqarib oldi. Hodisa joyidagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, pachoqlanib ketgan mashina ichida tirik qolgan odamning omon qolgani barchani hayratga soldi.