
- 2
- 28.02.2026 08:35:00
- 1 min read
Toshkent shahrining Mirobod tumanida 25-fevral kuni 10-sinf o‘quvchisi BMW M4 avtomobilida urib ketgan YPX inspektori Hosilbek Eshnazarov 27-fevral kuni shifoxonada vafot etdi.
Hosilbek Eshnazarov 1993-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, 2022-yildan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilgan va uch nafar farzandning otasi edi.
Avvalroq, 10-sinf o‘quvchisi Doniyor Kuchkunov BMW’da YPX xodimini urishdan oldin ham yo‘l harakati qoidalarini bir necha bor buzganligi ma’lum qilingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari davom etmoqda.