
- 0
- 18.03.2026 16:21:00
- 1 min read
O‘zbekistonda o‘zi sodir etgan huquqbuzarlikni internetda tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda. Qonunchilik palatasi 17-mart kuni tegishli qonunni qabul qilib, Senatga yubordi.
Qonunga ko‘ra, shaxsning o‘zi sodir etgan huquqbuzarlikni ommaviy axborot vositalari va internetda tarqatishi, shuningdek, internetda uyatli so‘zlar bilan so‘kish, fuqarolarni haqorat qilish, jamoat tartibini buzuvchi harakatlar va harbiy harakatlarda ishtirok etishni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi.