Pensiya jamgʻarmasi pensionerlarni ogohlantirdi

Pensiya jamgʻarmasi pensionerlarni ogohlantirdi
  • 0
  • 14.02.2026 15:23:00
  • 1 min read

So‘nggi paytlarda telefon orqali nafaqaga chiqqan fuqarolarga notanish raqamlardan qo‘ng‘iroq qilib, pensiyalari oshirilishi uchun kartasi yoki pasport ma’lumotlarini so‘rash holatlari kuzatilayotgani sababli Pensiya jamg‘armasi ogohlantirish bilan chiqdi.Firibgarlar o‘zlarini bank yoki Pensiya jamg‘armasi xodimi sifatida tanishtirib, shaxsiy ma’lumotlarni so‘rab, yolg‘on va’da berishadi.Pensiya jamg‘armasi xodimlari hech qachon telefon orqali shaxsiy ma’lumot so‘ramaydi.Shu bois begona shaxslarga pasport, plastik karta yoki JSHSHIR (PINFL) raqami kabi shaxsiy ma’lumotlarni bermaslik va shubhali qo‘ng‘iroqlar bo‘lsa, 1271 (Pensiya jamg‘armasi) yoki 102 (Ichki ishlar) raqamlariga murojaat qilish so‘raldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News