Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi

Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi
  • 6
  • 16.10.2026 10:15:00
  • 1 min read

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddati 1-noyabrgacha uzaytirildi. Bu haqda Ta’lim va ilm-fan vazirligi xabar berdi.
Muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishini ko‘chirgan yoki qayta tiklagan talabalarga tegishli.
1-noyabrgacha bazaviy kontrakt summasining kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan kontraktning esa kamida 50 foizi to‘lanishi kerak.
Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilidan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan pedagoglar farzandlari uchun kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan. Buning uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish lozim.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News