27 yil avvalgi “qonli kun”: 16-fevral voqealari

27 yil avvalgi “qonli kun”: 16-fevral voqealari
  • 0
  • 16.02.2026 16:04:00
  • 1 min read

Toshkentda 1999-yil 16-fevral kuni sodir bo‘lgan portlashlarga 27 yil to‘ldi. O‘sha kuni poytaxtning bir nechta hududida ketma-ket portlashlar yuz berib, 16 kishi halok bo‘lgan, yuzdan ortiq odam jarohat olgan edi. Bu qo‘poruvchilik harakati, avvalo, mamlakatdagi xavfsizlikni buzish, yoshlar ongiga diniy aqidalarni singdirish, tinch aholining hayotiga rahna solishga qaratilgan terrorchilik xuruji edi. Voqealar mamlakat xavfsizlik tizimi va terrorizmga qarshi kurash siyosatida muhim burilish nuqtasiga aylandi. Shundan so‘ng jamoat xavfsizligi choralari kuchaytirildi, strategik obyektlar himoyasi mustahkamlandi hamda terrorizmga qarshi qonunchilik bazasi shakllantirildi. Bu sana — xotira, hushyorlik va tinchlik qadrini anglash kuni.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News