
- 5
- 10.10.2026 13:15:00
- 1 min read
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida voyaga yetmagan o‘quvchiga shilqimlik qilgan ishlab chiqarish ta’limi ustasi ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Kasbiy ta’lim agentligi ma’lum qildi.
Xizmat tekshiruvi natijasida texnikum direktorining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari va psixologi ham lavozimidan ozod etildi. Yana uch nafar xodimga hayfsan berildi.
Avvalroq sud xodimni o‘quvchiga nisbatan nomaqbul harakatlari uchun 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olgandi.
Agentlik ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning huquq va xavfsizligini ta’minlash hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha nazorat kuchaytirilishini bildirdi.