O‘zbekiston tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

O‘zbekiston tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin
  • 0
  • 03.03.2026 14:59:00
  • 1 min read

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qaror loyihasiga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlariga talabalarni superkontrakt asosida qabul qilish to‘xtatiladi.
Shuningdek, “davolash ishi” va “pediatriya ishi” yo‘nalishlari negizida 6 yillik “umumiy tibbiyot” bakalavriati joriy etiladi. Bitiruvchilar oilaviy shifokor sifatida faoliyat yuritadi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab davlat grantiga ega bo‘lgan va maxsus imtihondan o‘tgan talabalar uchun majburiy ish soatlari belgilandi:

🔹 Birlamchi tibbiy muassasalar (Qoraqalpog‘iston va viloyatlar) – 1 500 soat
🔹 Tuman/shahar (Toshkent shahri bundan mustasno) – 2 000 soat
🔹 Viloyat darajasidagi muassasalar – 2 500 soat
🔹 Toshkent shahri va respublika darajasidagi muassasalar – 3 000 soat

O‘quv modullari va davlat imtihonlarida minimal o‘tish ballari: shifokorlar uchun 70%, o‘rta tibbiy xodimlar uchun 60%.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News