Maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi

Maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi
  • 0
  • 19.03.2026 10:05:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi. Bu Ramazon hayiti munosabati bilan belgilangani ma’lum qilindi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, ta’til 28-martgacha davom etadi. 4-chorak esa 30-mart, dushanba kunidan boshlanadi.
Shuningdek, 20-mart va 28-mart kunlariga to‘g‘ri kelgan darslar keyinchalik 4-chorak davomida o‘quv dasturiga qo‘shib o‘tiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News