
- 1
- 13.03.2026 11:02:00
- 1 min read
Birmingem universiteti olimlari inson qulog‘iga eng yoqimli eshitiladigan ismlarni aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqotda 100 ga yaqin ism talaffuz ritmi, fonetik uyg‘unligi va tinglovchida uyg‘otadigan hissiy ta’siri bo‘yicha tahlil qilindi.
Natijada Sofiyaismi eng chiroyli va yoqimli eshitiladigan ism deb topildi.
Olimlarning fikricha, bu ism yumshoq undoshlar va uyg‘un unlilar kombinatsiyasi tufayli quloqqa juda yoqimli eshitiladi. Bu yunon tilidagi “sofia” (Sophia) — “donolik” ma’nosini anglatadi va ko‘plab tillarda o‘zining nafis ohangini saqlab qoladi.