
- 2
- 15.10.2026 10:45:00
- 1 min read
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-oktabr kuni Boku shahriga tashrif buyurdi. Ikki davlat yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashib, boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qildi. Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga raisligi muvaffaqiyatli yakunlangani hamda tashkilotning yettinchi sammiti yuqori saviyada o‘tkazilgani bilan tabrikladi.
Tomonlar 2026-yil avgust oyida Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdi. Joriy yil boshidan buyon ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga oshdi. Geologiya, energetika, qurilish, transport, logistika, yengil sanoat va turizm sohalaridagi hamkorlik loyihalari faol bosqichga kirganini ta'kidladi.
Shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash doirasida ham turli tadbirlar va o‘zaro almashinuv dasturlari amalga oshirilmoqda.
#prezident #shavkatmirziyoyev #boku