Markaziy Afrika Respublikasidagi maktablarda 6-sinfdan rus tili o‘qitiladi

Markaziy Afrika Respublikasidagi maktablarda 6-sinfdan rus tili o‘qitiladi
  • 2
  • 13.10.2026 11:51:00
  • 1 min read

Rossiya va Markaziy Afrika Respublikasi rasmiylari umumta’lim maktablarida rus tilini o‘qitish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, Markaziy Afrika Respublikasidagi dastlab uchta maktabda 6-sinf va undan yuqori sinf o‘quvchilari uchun rus tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Hamkorlikning keyingi bosqichida Bangi shahridagi universitetlardan birida rus tili kafedrasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Bangi shahridagi Rossiya uyi o‘qituvchilari 2024-yildan buyon mamlakatning xususiy maktablarida rus tilidan dars berib kelmoqda. 1-oktyabr kuni esa rus tili davlat maktablarining o‘quv dasturiga ham kiritilgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda, Rossiya loyiha doirasida mamlakatga 500 ta rus tili darsligini topshirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News