“Mahalla yettiligi”ning mas’uliyati oshiriladi

“Mahalla yettiligi”ning mas’uliyati oshiriladi
  • 1
  • 13.03.2026 16:30:00
  • 1 min read

Bugun, 13-mart kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida murojaatlar bilan ishlashda “mahalla yettiligi”ning mas’uliyati oshirilishi ta’kidlandi.

Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi. Uni yuritishga yoshlar yetakchisi bilan mahalla raisi mas’ul bo‘ladi. Ular kelayotgan murojaatlarning sabablarini o‘rganib, kunlik ma’lumotlarni hokimlarga taqdim qilib boradi.

Mutasaddilarga “Raqamli mahalla” tizimini Prezident Virtual qabulxonasiga to‘liq integratsiya qilish topshirildi.

Bundan buyon murojaatlarni asossiz ravishda quyi tizimlarga ko‘rib chiqish uchun yuborgan tashkilot rahbarlariga keskin chora ko‘rilishi belgilandi.

Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun jazo ham kuchaytiriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News