
- 8
- 23.11.2026 09:38:00
- 2 min read
Özbekistonda yangilangan lotin alifbosiga ötiş böyiça dastur loyihasi işlab çiqildi. Unga köra, hujjatlar, maktab darsliklari, OAV, tovarlar qadoği, peşlavhalar va raqamli xizmatlar bosqiçma-bosqiç yangi alifboga ötkaziladi.
Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan qaror loyihasi 6-dekabrgaça jamoatçilik muhokamasida böladi.
Eslatib ötamiz, prezident 21-oktabr kuni alifbodagi törtta harfni özgartiriş töğrisidagi qonunni imzolagan edi. Unga köra:
Ö ö — Ö ö;
Ğ ğ — Ğ ğ;
Ş ş — Ş ş;
Ç ç — Ç ç.
Yangi alifbo 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat böladi. Qonun 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi.
Hujjatlarni almaştiriş şart emas
Yangi qonun kuçga kirgaç, ID-karta, xorijga çiqiş pasporti, haydovçilik guvohnomasi, avtomobil texnik pasporti va kadastr hujjatlari yangi alifboda rasmiylaştiriladi.
Biroq avval berilgan hujjatlar öz kuçini saqlab qoladi. Fuqarolardan ularni majburiy almaştiriş talab etilmaydi. Ism-familiyadagi yoziliş farqi sababli davlat xizmatlarini körsatişni rad etiş ham taqiqlanadi.
Maktab darsliklari 2031-yilgaça yangilanadi
1–11-sinflar uçun darsliklar 2027–2031-yillarda bosqiçma-bosqiç yangi alifboga moslaştiriladi. Birinçi sinf darsliklarini 2027/2028-öquv yilidan yangilaş rejalaştirilgan.
5–11-sinf öquvçilari uçun esa 2028-yil 1-avgustgaça imlo savodxonligini baholaşda vaqtinçalik yengilliklar berilişi közda tutilmoqda.
Tovarlar qadoği va peşlavhalar ham özgaradi
2027-yil 22-apreldan 2028-yil 22-aprelgaça mahsulot qadoğida eski va yangi alifbodan birgalikda foydalanişga ruxsat beriladi.
2028-yil 22-apreldan yangi buyurtma qilinadigan qadoqlar yangi alifboda bölişi kerak. Avval tayyorlangan qadoqlardan esa 2029-yil 22-aprelgaça foydalaniş mumkin.
Davlat muassasalari peşlavhalari, yöl körsatkiçlari, aeroport va vokzallardagi axborot yozuvlari ham bosqiçma-bosqiç yangilanadi.
OAV va raqamli xizmatlar yangi alifboga ötadi
Qaror loyihasida qonun kuçga kirganidan keyin özbek tilidagi OAV materiallari va bosma mahsulotlarni yangi alifboda çop etiş nazarda tutilgan. Biroq xususiy naşrlar uçun istisnolar va talabga rioya qilmaganlik uçun javobgarlik masalasi hozirça aniq belgilanmagan.
Bank ilovalari, bankomatlar, tölov terminallari, OneID va my.gov.uz portallari ham yangi alifboga moslaştiriladi.
ChatGPT va boşqa sun’iy intellekt tizimlariga murojaat qilinadi
2026–2027-yillarda OpenAI, Google, Anthropic, xAI, DeepSeek va Meta kompaniyalariga murojaat yuboriş rejalaştirilgan. Ulardan ChatGPT, Gemini, Claude, Grok, DeepSeek va Meta AI tizimlarini yangilangan özbek alifbosi va imlo qoidalariga moslaştiriş söraladi. Şuningdek, yangi harflarni qulay kiritiş uçun Android, iOS, macOS va Windows tizimlariga mos özbek klaviaturasi standarti işlab çiqiladi. Domen nomlari, elektron poçta manzillari, loginlar, hisob raqamlari va şartnoma raqamlarini özgartiriş talab etilmaydi.
Qaror loyihasiga köra, davlat taşkilotlari yangi alifboga ötiş böyiça öz yöl xaritalarini işlab çiqişi, xarajatlar esa davlat budjeti hisobidan moliyalaştirilişi rejalaştirilgan.