
- 0
- 26.02.2026 11:06:00
- 1 min read
Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Sineshchuk Krasnodarda o‘tgan turnirda g‘alaba qozongach, buni salto bilan nishonlashga urindi va jarohat oldi. Jangdan so‘ng sportchi oktagon to‘sig‘idan orqaga salto bajarishga harakat qilgan, biroq noqulay tarzda yerga tushib, chap oyog‘ini qayirib oldi. Sineshchuk ijtimoiy tarmoqlarda jarohat jiddiy emasligini bildirib, kelgusida bunday xavfli harakatlarni takrorlamasligini aytdi.