Misrda sayyohlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi: 13 kishi halok bo‘ldi

Misrda sayyohlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi: 13 kishi halok bo‘ldi
  • 4
  • 21.10.2026 11:23:00
  • 1 min read

Misrda sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda 13 kishi halok bo‘ldi, 34 kishi jarohatlandi.
Hodisa Qohira–Asyut g‘arbiy cho‘l avtomobil yo‘lida yuz bergan. To‘qnashuv oqibatida avtobusning old qismi butunlay uzilib ketgan.
Voqea joyiga 28 ta tez yordam mashinasi yuborilgan, jarohatlanganlar shifoxonaga olib ketilgan. Halokat sabablari yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News