
- 0
- 06.03.2026 12:53:00
- 1 min read
AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda 2025-yilgi MLS kubogi g‘olibi — “Inter Mayami” jamoasini qabul qildi. Marosimda jamoa sardori Lionel Messi ham ishtirok etdi.
Biroq an’anaviy tabrik tadbiri siyosiy ruhda o‘tdi. Tramp nutqining dastlabki qariyb 10 daqiqasini jamoa yutug‘iga emas, balki Eron bilan nizo, Kuba masalasi va AQSH iqtisodiyoti haqida gapirishga bag‘ishladi. Shu paytda Messi va jamoadoshlari uning ortida sukut saqlab turishdi.
Tramp nutqida Messi bilan uchrashuvdan mamnunligini bildirib, uni Oq uyda kutib olish sharaf ekanini ta’kidladi. Messi esa tadbir davomida odatdagidek vazminlik bilan qatnashdi.