Mas’ud Pezeshkiyon urushni tugatish uchun shartlarini ma’lum qildi

Mas’ud Pezeshkiyon urushni tugatish uchun shartlarini ma’lum qildi
  • 0
  • 12.03.2026 16:18:00
  • 1 min read

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon urushni tugatish uchun bir qator shartlarni ilgari surdi. Unga ko‘ra, mojaro yakunlanishi uchun Eronning qonuniy huquqlari tan olinishi, yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya to‘lanishi va kelajakdagi hujumlarga qarshi xalqaro xavfsizlik kafolatlari berilishi kerak. Prezident bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib, Rossiya va Pokiston rahbarlari bilan suhbatda Eron mintaqada tinchlik tarafdori ekanini yana bir bor ta’kidlaganini bildirdi.

Avvalroq Tramp Eronga qarshi harbiy operatsiya tez orada yakunlanishi mumkinligini aytib, zarba berish uchun “deyarli nishonlar qolmaganini” ma’lum qilgandi. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi esa urush qachon tugashini AQSH emas, aynan ular hal qilishini ta’kidlagan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News