Merilin Monroning rentgen suratlari auksionga qo‘yildi

Merilin Monroning rentgen suratlari auksionga qo‘yildi
  • 2
  • 25.05.2026 14:10:00
  • 1 min read

Amerikalik aktrisa Merilin Monro tavalludining 100 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan auksionda unga tegishli shaxsiy buyumlar savdoga chiqarildi.
190 ta lot orasida xatlar, hujjatlar, film ssenariylari, kosmetika vositalari va taqinchoqlar bilan birga aktrisaning tibbiy rentgen suratlari ham bor. Xususan, 1954-yilda olingan ko‘krak qafasi rentgeni 2250 dollar, tos sohasi rentgeni esa 1250 dollarga baholangan.
Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab foydalanuvchilar shaxsiy tibbiy ma’lumotlarni savdoga qo‘yishni axloqsiz holat sifatida baholamoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News