
- 9
- 22.06.2026 11:47:00
- 1 min read
Masalliqlar:
2 dona apelsin
1 dona limon
Ta’bga ko‘ra shakar
Tayyorlanishi:
Birinchi apelsin va limon muzlatkichda to‘liq muzlatib olinadi. So‘ng, 15 daqiqa xona haroratida eritilib, to‘g‘raladi va blenderda maydalnadi. Ustiga 1 litr ichimlik suvi solinib, 15 daqiqaga damlab qo‘yiladi. Keyin, sharbat suzgich yordamida sizdirib olinib, yana 1 litr suv va ta’bga ko‘ra, shakar qo‘shiladi. Shakar to‘liq eriguncha yaxshilab aralashtirilib, muz solingan stakanlarga quyiladi.
Muzdek ichimligimiz tayyor🥤