Rogalik tayyorlaymiz😋

Rogalik tayyorlaymiz😋
  • 7
  • 22.06.2026 11:50:00
  • 1 min read

Masalliqlar:
200 gr sariyog‘
300 gr smetana
2 dona tuxum sarig‘i
15 gr razrixlitel
500 gr un
qand upasi

Nachinkasi uchun:
150 gr shakar
300 gr yong‘oq
2 dona tuxum oqi
vanillin

Tayyorlanishi:
Birinchi elangan un va sariyog‘ bir-biri bilan yaxshilab qorishtirib olinadi. Keyin, tuxum sarig‘i, razrixliterel, un va smetana qo‘shilib, yumshoq va qo‘lga yopishmaydigan xamir qoriladi. Tayyor bo‘lgan xamir muzlatkichda 30 daqiqa tindiriladi. Rogalikning nachinkasi uchun idishga shakar, maydalangan yong‘oq, tuxum oqi va vanillin solinib, aralashtiriladi. Tingan xamir bo‘laklarga bo‘linib, dumaloq shaklda yoyib chiqiladi. So‘ng, yoyilgan xamir uchburchak shaklda kesiladi. Rogalik ichiga yong‘oqli nachinka solinib, o‘raladi va pechda pishirib olinadi. Pishgan rogaliklar ustidan qand upasi sepib, dasturxonga tortishingiz mumkin!

Yoqimli ishtaha ☕️🧽

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News