
- 4
- 26.10.2026 18:37:00
- 1 min read
Şavkat Mirziyoyev kino sohasini boşqariş, moliyalaştiriş va film yaratiş tizimi özgartirilişini ma’lum qildi. Yangi tartibga köra, bu vazifalar bir-biridan ajratiladi.
Kinematografiya agentligi tugatilib, kino sohasidagi davlat siyosatini yuritiş vakolati Madaniyat vazirligiga ötkaziladi. Vazirlikda Kino san’ati departamenti taşkil etiladi. Uning rahbari maqomi vazir örinbosariga tenglaştiriladi. Mas’ullarga departament faoliyatini yölga qöyiş va agentlik tizimidagi taşkilotlarni tugatiş uçun bir oy muddat berildi.
Şuningdek, “Özbekfilm” davlat muassasasi tugatilib, uning örnida zamonaviy biznes modeli asosida işlaydigan yangi “Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi.
Yangi kinokompaniya film suratga oliş bilan şuğullanmaydi. Filmlarni yaratiş töliq xususiy sektorga ötkaziladi. Kompaniya esa kino loyihalarini tanlaş va moliyalaştiriş, tayyor filmlarni tarğib qiliş va tarqatiş, şuningdek, ularni xalqaro bozorlar hamda kinofestivallarga olib çiqiş bilan şuğullanadi.
Prezident yangi kinokompaniya milliy kino brendini rivojlantiriş va zamonaviy kinoindustriya uçun tayanç markaz bölişini ta’kidladi. Yangi tizim orqali film yaratişdan tortib, uni tomoşabinga yetkazişgaça bölgan jarayonni yagona tizimga birlaştiriş közda tutilgan.
Milliy kinokompaniya faoliyatini bir hafta içida yölga qöyiş topşirildi.