
- 3
- 28.02.2026 13:53:00
- 1 min read
28-fevral kuni vatanga qaytgan Xayrullo Ibodullayevni Toshkent aeroportida yaqinlari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari kutib oldi. Jurnalist Ibodullayevdan Rossiya fuqaroligini olish taklifiga qanday javob berganini so‘radi. Ibodullayev taklifni qabul qilmaganini ma’lum qildi:
“O‘z yurting o‘lgan to‘shaging. Mendan boshqa inson ham bu taklifni qabul qilmagan bo‘lardi”, — dedi u.
Avvalroq, Rossiya Davlat Dumasi deputati Nikolay Novichkov Xayrullo Ibodullayevga Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berishni taklif qilgani xabar qilingan edi.