Xayrullo Ibodullayev “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Xayrullo Ibodullayev “Jasorat” medali bilan taqdirlandi
  • 0
  • 27.02.2026 14:13:00
  • 1 min read

26-fevral kuni Sankt-Peterburg shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasida 7-qavatdan tushib ketgan bolaning hayotini saqlab qolgan Xayrullo Ibodullayevga “Jasorat” medali topshirildi. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botir Asadov Prezident farmoniga muvofiq, u o‘zbek xalqiga xos jasorat va fidoyilik namunasini ko‘rsatgani uchun davlat mukofoti bilan taqdirlanganini ta’kidladi.

Shuningdek, Xayrullo Ibodullayev ko‘rsatgan jasorati uchun Rossiyada to‘rtinchi “Tigran Keosayan” mukofoti, 1 mln rubl pul mukofoti, Rossiyadagi arman diasporasidan 200 ming rubl va Sankt Peterburg gubernatori tomonidan “Qutqaruvdagi jasorat uchun” ko‘krak nishoni hamda esdalik soati bilan taqdirlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News