Kinematografiya agentligida kino sohasining dolzarb masalalari muhokama qilindi

Kinematografiya agentligida kino sohasining dolzarb masalalari muhokama qilindi
  • 4
  • 11.08.2026 15:03:00
  • 1 min read

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov kinoijodkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda o‘zbek kinosining bugungi holati, sohadagi mavjud muammolar va tizimni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida kino sohasida asosiy baholash mezoni topshiriqlarning bajarilishi emas, tomoshabinga manzur bo‘ladigan va xalqaro maydonda raqobatlasha oladigan sifatli filmlar yaratish bo‘lishi kerakligi takidlab o‘tildi.
Shuningdek, tomoshabinni kinoteatrlarga qaytaradigan filmlar yaratish, xalqaro festivallarda O‘zbekiston nomini munosib namoyon etadigan loyihalarni ishlab chiqarish hamda kinoijodkorlarning tashabbusi va hamjihatligi asosida sohani rivojlantirish kabi  ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.
Endilikda filmlar samaradorligi tomoshabin mehri, jamoatchilik e’tirofi va xalqaro natijalar orqali baholanishi ko‘zda tutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News