Erkinjon Turdimov nomidan fuqarolarga soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi

Erkinjon Turdimov nomidan fuqarolarga soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi
  • 2
  • 13.10.2026 13:12:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov nomidan fuqarolarga soxta xabarlar tarqatilayotgani aniqlandi. Qayd etilishicha, Telegram ilovasi orqali vazirlikda olimlar faoliyati yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazilayotgani va shu munosabat bilan fuqarolar bilan Davlat xavfsizlik xizmati mayori bog‘lanishi haqida xabarlar yuborilmoqda.

Vazirlik mazkur holatga munosabat bildirib, ushbu xabarlar haqiqatga mos kelmasligini ma'lum qildi. Shuningdek, fuqarolarga noma’lum akkauntlardan kelgan xabarlarga ishonmaslik, pasport ma’lumotlari va SMS-kodlarni uchinchi shaxslarga bermaslik va shubhali xabarlarni tarqatmaslik tavsiya etildi.
Bundan tashqari, vazirlik faoliyatiga oid ma’lumotlarni faqat rasmiy axborot manbalari orqali tekshirish so‘raldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News